www.uzspb.uz  
 
English Russian

BUTUNJAHON MIGRATSIYA QILUVCHI QUSHLAR KUNI O'ZBEKISTONDA

Mаy oyining boshidа O'zbekiston qushlаrni muhofаzа qilish jаmiyati tаshаbbusi bilаn mаmlаkаtimizning ikki viloyatidа ko'chmаnchi qushlаr uchun suv ekotizimlаrining аhаmiyatigа bаg'ishlаngаn та?lim tаdbirlаri o'tkаzildi.

May oyining boshida O'zbekiston qushlarni muhofaza qilish jamiyati Butunjahon migratsiya qiluvchi qushlar kunini nishonlashga qo'shildi. Bu yilgi Migratsiya qiluvchi qushlar kunining tadbirlari dunyoning turli mamlakatlarida suv mavzusi va uning ko'chmanchi qushlar uchun muhimligiga bag'ishlandi. Ko'chmanchi qushlarning aksariyati o'z hayot sikli davomida suv ekotizimlariga tayanadi. Biroq, suv ekotizimlari, ularga bog'liq bo'lgan ko'chmanchi qushlar kabi tobora zaiflashib bormoqda.

May oyining boshida Qashqadaryo viloyatidagi Tallimarjon suv ombori sohilida bo'lib o'tgan uchrashuvda yo'qolib borayotgan migratsiya qiluvchi qush turlarini muhofaza qilish zarurligi muhokama qilindi. "Targ'oq" talabalar ornitologik klubining rahbari, Qarshi Davlat universiteti katta o'qituvchisi To'lqin O'ktamovich Raximov tomonidan tashkil etilgan ta?lim tadbirida 15 kishi ishtirok etdi.

Qashqadaryo viloyati Tabiiy resurslar boshqarmasi xodimlari, Nuriston shahridagi 20-sonli maktab o'qituvchilari va katta sinf o'quvchilari, shuningdek Qarshi Davlat universitetining o'qituvchilari va talabalari uchrashuv ishtirokchilari bo'lishdi. Talabalar va maktab o'quvchilari suv omborida yashovchi qush turlari haqida va Tallimarjon dunyoda qolgan yo'qolib ketish xavfi ostidagi targ'oqlarning 50% dan ortig'i migratsiya paytida to'xtaydigan Markaziy Osiyodagi yagona joy hisoblanishi haqida bilib oldilar.

Butunjahon migratsiya qiluvchi qushlar kunining ishtirokchilari Tallimarjon suv ombori sohilida to'xtagan kichik turnalar, o'tloq jiqtoqlari, ko'k va katta oq qo'tonlar, baliqchitumshuq chigirtchilar, yovvoyi o'rdaklar va qiziboshlarni kuzatish imkoniyatiga ega bo'ldilar. NАBU xalqaro bo'limining rahbari Tomas Tennxardt va Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropа bo'yicha NАBU ishchi guruhining rahbari Katya Kaupish Butunjahon migratsiya qiluvchi qushlar kunining maxsus mehmonlari bo'lishdi. NABU O'zbekiston qushlarni muhofaza qilish jamiyatini targ'oq, cho'l burguti va chinqiroq g'oz kabi global xavf ostidagi migratsiya qiluvchi qush turlarining monitoringini amalga oshirishda qo'llab-quvvatlaydi.

"Zarg'aldoq" talabalar ornitologik klubi rahbari, Buxoro Davlat universitetining Ekologiya va biologiya kafedrasi dotsenti Muxtor Murodovich To'raуev tashabbusi bilan Buxoro Davlat universiteti Tabiiy fanlar fakultetida ham Butunjahon migratsiya qiluvchi qushlar kuni nishonlandi. Тa?lim tadbirida 20 dan ortiq kishi: Buxoro Davlat universiteti talabalari va o'qituvchilari, Buxoro shahridagi 18-sonli maktab o'quvchilari va o'qituvchilari ishtirok etdi. Buxoro Davlat universitetida bo'lib o'tgan uchrashuvda qushlarning migratsiya yo'nalishlari va muddatlari haqida, mamlakatimiz va Buxoro viloyati hududida uchraydigan migratsiya qiluvchi qushlar haqida, shuningdek, har yili mavsumiy uchib o'tishni amalga oshiruvchi noyob va yo'qolib ketish xavfi ostidagi qushlarni muhofaza qilish zarurligi haqida so'z yuritildi. Tadbir yakunida uning ishtirokchilari uchun Buxoro Davlat universiteti Zoologiya muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.

Supported by: BirdLife International NABU

Сайт маълумотларидан фойдаланилганда манбага ҳавола қилиниши шарт.
Сайт маълумотларини Олег Кашкаров тайёрлади.
  Вебмастер Эрнест Хуршут: uznix@narod.ru | Ўзбекистон балиқлари
Янгиланган: 16.08.2023