www.uzspb.uz  
 
Russian

SUV-BOTQOQ QUSHLARI SANOG'I: MA'LUMOTLARNI TO'PLASH UCHUN YORDAMINGIZ ZARUR!

2022-yil 15-16-yanvar kunlari O'zbekiston qushlarni muhofaza qilish jamiyati o'z a'zolarini va qo'llab quvvatlovchilarni suv-botqoq qushlarining an'anaviy qishki sanog'ida (IWC) ishtirok etishga taklif etadi. Qishning birinchi ekologik sanasi 56-marta nishonlanadi!

Suv-botqoq qushlari sanog'i tashkilotchilarining xabarlariga ko'ra O'rta Osiyo hududida suv qushlari sonining kamayib borayotganligi xavotirli holatdir. O'rta Osiyo davlatlari bo'yicha kamyob va havf ostidagi qushlar populyatsiyalariga oid ma'lumotlar juda ham kam. Shuning uchun bizning birinchi galdagi vazifamiz - bu O'zbekistonda qishlovchi turlarni baholash uchun ma'lumotlarni to'plashdan iborat. Bu ishda bizga O'zbekiston qushlarni muhofaza qilish jamiyati a'zolari va tarafdorlari yordam berishlari mumkin!

Jamiyat sanoq natijalarini yetti talabalik klublarining har biridan kutmoqda!

  • «Phasianus» klubi: IBA «Tuyabo'g'uz suv ombori», Toshkent viloyati;
  • «Flamingo» klubi: IBA «Kattaqo'rg'on suv ombori», Samarqand viloyati, IBA «Chimqo'rg'on suv ombori», Kashkadaryo viloyati;
  • «Ivolga» klubi: IBA «To'dako'l va Quyimozor suv ombori», Buxoro viloyati;
  • «EcoBirds» klubi: Rezaksoy suv ombori, Namangan viloyati;
  • «Targoq» klubi: IBA «Talimarjan suv ombori», Kashkadaryo viloyati;
  • «Otus» klubi: Ashiko'l, Karakalpakstan;
  • «Cho'l burguti» klubi: IBA «Tuzkan», Jizzax viloyati.
  • Supported by: BirdLife International NABU

    Сайт маълумотларидан фойдаланилганда манбага ҳавола қилиниши шарт.
    Сайт маълумотларини Олег Кашкаров тайёрлади.
      Вебмастер Эрнест Хуршут: uznix@narod.ru | Ўзбекистон балиқлари
    Янгиланган: 14.01.2022