www.uzspb.uz  
 
English Russian

TALIMARJON SUV OMBORIDA ISHCHI UCHRASHUV

7-oktabr kuni Talimarjonda xavf ostida bo'lgan qush turlarini monitoring qilish va muhofazasini amalga oshiruvchi ishchi guruhlarni shakllantirish va qo'llab-quvvatlash bo'yicha uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv ishtirokchilari CEPF-WWF-Rossiya loyihasining mamlakat koordinatori, O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qo'mitasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi rahbariyati va xodimlari, Qarshi Davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti professor-o'qituvchilari va talabalari, Nuriston shahri va Jayron qishlog'i 20 va 35-sonli maktab o'qituvchilari va o'quvchilari bo'ldi.

Uchrashuvning ochilish marosimida CEPF-WWF-Rossiya loyihasining mamlakat koordinatori A.A. Grigoryants qatnashchilarga murojaat qildi. U BMH "Talimarjon suv ombori" da O'zbekiston qushlarini muhofaza qilish jamiyatining faoliyatini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan kichik grantlar dasturi haqida so'zlab berdi va suv omborining migratsiya va qishlash vaqtida global xavf ostidagi va yo'qolib borayotgan qush turlarining to'xtash joyi sifatida muhimligini ta'kidladi.

So'ngra loyiha rahbari suv omboriga yaqin bo'lgan Nuriston shahrining va Jayron qishlog'ining 20 va 35-sonli maktablarining 9, 10 va 11-sinflari faol o'quvchilariga Talimarjonda eng keng tarqalgan, shuningdek noyob hisoblangan qushlar haqida so'zlab berdi. Darsni o'tkazish uchun suv va suvoldi qushlarining oldindan tayyorlangan aniqlagich jadvallari va "Targ'oq - O'zbekistonda yil qushi" risolasi ishlatildi.

Hikoyani davom ettirish davomida suv omborining qirg'oq qismiga ekskursiya tashkil etildi, unda maktab o'quvchilari yaqin masofadan yo'qolib borayotgan targ'oqlarning to'planishini kuzatishdi.

Maktab o'quvchilariga qushlarni muhofaza qilish jamiyati tomonidan taqdim etilgan optik asbob-uskunalar: durbin va kuzatish trubasi yordamida targ'oqlarni sanash taklif etildi. Targ'oq sanog'i musobaqa asosida o'tkazildi, unda o'yin shartlariga ko'ra, qirg'oq qismida to'plangan targ'oqlarning eng aniq sonini ko'rsatgan odam g'alaba qozonishi kerak edi.

Birinchi uchrashuv unda ishtirok etgan maktab o'quvchilarini "Targ'oq himoyasiga qo'shgan hissasi" uchun sertifikatlari va yumshoq o'yinchoqlar -"Targ'oq"maketlari bilan taqdirlash bilan yakunlandi. Uchrashuv davomda, "Targ'oq" va "Cho'l burguti" shakllangan ishchi guruhlarining a'zolari loyiha ijrochilari bilan birgalikda suv omborining Sharqiy qismiga, kuzgi parvoz paytida targ'oqlarning to'planishi mumkin bo'lgan boshqa potentsial joylarni aniqlash uchun adirlarga yo'l oldilar. 2021-2022 yillarda ishchi guruhlar targ'oq va cho'l burgutlarini muntazam ravishda kuzatib boradigan nuqtalar xaritaga kiritildi.

Supported by: BirdLife International NABU

Сайт маълумотларидан фойдаланилганда манбага ҳавола қилиниши шарт.
Сайт маълумотларини Олег Кашкаров тайёрлади.
  Вебмастер Эрнест Хуршут: uznix@narod.ru | Ўзбекистон балиқлари
Янгиланган: 15.04.2021